21:57 / 16.12.2016
8 347

Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon orqali nima haqida muloqot qildi?

Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon orqali nima haqida muloqot qildi?

2016 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishgani bilan muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston –Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qat’iy ishonch bildirdilar.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etdi.

Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Suhbat an’anaviy do‘stlik, hamfikrlik, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon orqali nima haqida muloqot qildi?