00:59 / 17.12.2016
6 635

Kosatkalarning akulalarga hujumi videosi olindi

Kosatkalarning akulalarga hujumi videosi olindi

Dron operatori Sleyter Mur Kaliforniya sohillari yaqinida kosatkalar to‘dasining akulalarga hujum qilgani videosini suratga oldi. Video mahalliy nashr Monterey County’ning YouTube-kanalida paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Voqea urg‘ochi kosatkalar Monterey ko‘rfaziga kirib, u erda bolalarini ov qilishga o‘rgatayotgan vaqtda yuz bergan.

"To‘satdan kosatkalardan biri butun akulani tishlagancha suv sirtiga chiqdi, akula hali tirik edi", deb aytdi ushbu holat guvohlaridan biri, biolog Ketlin Teylor.

Uning aytishicha, kosatkalar hujumiga bu erlarda yashovchi yassi boshli akulalar uchragan.

Odatda kosatkalar o‘z o‘ljasini suv ostida eyishni afzal ko‘radilar, shuning uchun bu holat haqiqiy omad sifatida e’tirof etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosatkalarning akulalarga hujumi videosi olindi