Qirg‘iziston parlamenti jamoat joylaridagi mayda bezorilik uchun jazo turlarini o‘zgartirdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar deputatlar tomonidan ma’qullangan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Unga ko‘ra, jamoat joylarida so‘kinish, fuqarolarga tegajonlik qilish va shu kabi harakatlar uchun eng kam ish haqining 15 baravarigacha jarima hamda 8 soatlik jamoatchilik ishlariga jalb qilinish yoki 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olinish ko‘zda tutilgan.
Voyaga etmaganlar tomonidan amalga oshirilgan mayda bezorilik esa ota-onasi tomonidan eng kam ish haqining 10 baravarigacha miqdorda jarima to‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Ish joyida spirtli ichimlik iste’mol qilish ham yuqoridagi jarima bilan jazolanadi.
Giyohvand yoki psixotrop moddalarni, shuningdek spirtli ichimliklarni ko‘chalar, stadionlar, bog‘lar, ko‘p qavatli uylar hovlisida, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish yoki bu erlarda mast holda paydo bo‘lish eng kam ish haqining 10 baravarigacha ma’muriy jarima va 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘zgarishlarga ko‘ra, voyaga etmagan shaxslarni tilanchilik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish eng kam ish haqining 50 dan 100 baravarigacha jarima hamda 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etishga sabab bo‘ladi.
Parlament deputatlarining 111 tasi ushbu o‘zgartirishlarni yoqlab ovoz berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi