16:34 / 20.12.2016
8 000

Qashqadaryoliklarga 9 ming tonna ko‘mir etkazib berildi

Qashqadaryoliklarga 9 ming tonna ko‘mir etkazib berildi

Qashqadaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholi, korxona va tashkilotlarning ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalariga 24 ming 927 tonna ko‘mir etkazib berildi. 9 ming tonnadan ziyod ko‘mir aholiga arzon narxlarda sotildi. Yana shuncha miqdordagi mahsulot mavsum uchun omborlarga jamg‘arilgan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qashqadaryo hududiy ko‘mir etkazuvchi” unitar korxonasining viloyat shahar va tumanlardagi olti shoxobchasi faoliyat yuritayotgani joylarda aholining arzon va sifatli ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda yaxshi samara bermoqda. Shoxobchalarda ko‘mir briketini sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 iyuldagi “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori viloyatda ko‘mir briketi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari ko‘payishi, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ko‘mir briketi tashish, saqlash va foydalanishda juda qulay. Oddiy ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘iga nisbatan uzoq yonishi, tarkibida zararli moddalar kamligi, yonib bo‘lgandan keyin ham o‘zining birlamchi shaklini yo‘qotmasligi va boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi, deyiladi xabarda.


Ko‘mir briketi etkazib berish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, bunday korxonalar endi xomashyoni birja orqali emas, balki “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoliklarga 9 ming tonna ko‘mir etkazib berildi