Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya muftiylar kengashining oliy mukofoti bo‘lgan birinchi darajali "Al-Faxr" ordeni bilan mukofotlandi. Usmonovga ordenni kengash va Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi raisi Ravil Gaynutdin topshirgan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Usmonov Rossiyadagi yirik saxovatpesha insonlardan hisoblanadi. U sport, madaniy, ilmiy-o‘quv loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda islomning diniy va madaniy merosini saqlab qolishda ko‘mak ko‘rsatadi. Jumladan, tadbirkor Qozondagi Oq masjid, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi va Chita jome’ masjidi qurilishiga mablag‘ ajratgan.
"O‘zingni qalbing bilan hamohanglikda his qilish uchun o‘z diningda bo‘lishing, dindoshlaringga yaqin bo‘lishing kerak. Men musulmonman va musulmon farzandiman – yaqin kishilaring, dindoshlar uchun yaratilayotgan xayrli ish, mening fikrimcha, hayotimizning asosiy mazmuni hisoblanadi", deb Usmonovning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tgan matbuot xizmati.
Usmonov "odamlarga yaxshilik qilib, buning evaziga hech qanday minatdorchilik kutish kerakmas"ligini ta’kidlab o‘tdi.
"Rossiyaning musulmon ummati – jamiyatning davlatimizning birlashishi uchun ko‘mak beradigan, pravoslavlik bilan doimo osuda birga yashaydigan qismidir. Barcha rossiyaliklar qanday dinga mansubligidan qat’i nazar, yagona xalqdir", deb aytgan Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»