AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy 1,25 million dollarga sotildi. Uni nomi oshkor etilmayotgan shaxs xarid qilgan, deb xabar beradi "Kun.uz" nashri.
Uy Nyu-Yorkning Kuins tumanida joylashgan. Uni ajrashayotgan er-xotinlar – restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi Ayzek Kestenberg va rafiqasi Klaudiya sotuvga qo‘ydi. Ular binoni 2008 yilda 782,5 ming dollar evaziga xarid qilishgan.
Uyning yangi egasi ko‘chmas mulk sohasida ishlovchi nyu-yorklik sarmoyador ekani ma’lum, xolos. U uyni kimoshdi savdolarga qo‘yib bo‘lgan. Savdolar Trampning inaugurasiya marosimiga bir necha kun qolganda – 17 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, investor uy u bergan mablag‘dan ancha qimmatroq turishini yaxshi tushunib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp sentyabrda teleboshlovchi Jimmi Fellonga The Tonight Show dasturida bolaligi o‘tgan uyni sotib olish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Bino siyosatchining otasi Fred Tramp tomonidan 1940 yilda qurilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?