12:29 / 23.12.2016
11 972

Trampning qizini asabiga tekkan yigitni bilasizmi nima qilishdi?

Trampning qizini asabiga tekkan yigitni bilasizmi nima qilishdi?

Amerikaning JetBlue aviakompaniyasi xodimlari Tramning qizi Ivankaga xiralik qilgan ikki yo‘lovchini samoletdan tushirishdi. Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, bu voqea Kennadi nomidagi Nyu-York aeroportida yuz bergan. Bu erdan Ivanka Tramp turmush o‘rtog‘i Jared Kushner va farzandalari bilan Gavaya orollariga ketmoqchi bo‘lgan.

Terminalda Ivanka Trampga ikki yo‘lovchi shilqimlik qila boshlagan. Ular “nega u xususiy samoletda emas, balki oddiy reys bilan uchayotganini” so‘ray boshlashadi. Shuningdek ular Amerika prezidenti Donald Tramp “AQShni halok etayotganligini” aytib, qizni bezor qilishgan.

Jurnalistlarning aytishicha, Ivanka bezorilarga umuman e’tibor bermay, oilasi, bolalari bilan ovora bo‘lgan. JetBlue aviakompaniyasi xodamlari janjalga aralashib, bu ikki yo‘lovchi chiptalarini bekor qilishadi. Ular bu qarorlarini “uchish davomida janjalli vaziyat yuzaga kelmasligi” uchun qilishganiga izoh berishdi. Bezorilar keyingi reys bilan o‘z manzillariga etkazilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Trampning qizini asabiga tekkan yigitni bilasizmi nima qilishdi?