12:46 / 23.12.2016
9 502

Kelinlik uyiga “propiska”ga olinmagan va ota uyiga arazlab ketgan kelinlarning ro‘yxati e’lon qilindi

Kelinlik uyiga “propiska”ga olinmagan va ota uyiga arazlab ketgan kelinlarning ro‘yxati e’lon qilindi

Kelinlarni kelin bo‘lib tushgan xonadoniga doimiy ro‘yxatga olinmasligi masalasi bir necha yillardan buyon katta muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 10-15 yildan buyon kelinlik xonadonida yashayotgan, 4-5 farzandi bor ayollar ham o‘zi yashayotgan uyga “propiska”ga olinmagan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Bu holat, ayniqsa, Toshkent shahrida urchib bormoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa yangi kelinni 5 yilgacha “propiska”ga olmaslik modaga aylanib qolgan.

“Mabodo ajrashgudek bo‘lsa, unga uy olib berishimiz yoki uyimdan joy ajratishim kerakmi?”, deydigan ota-onalar talaygina. Qiziq, qaysi ota-ona hali to‘y bo‘lmasidan turib shunday yomon o‘yga borarkin. Har narsa niyatga yarasha deganlaridek, aynan shunday oilalardan janjal arimaydi. Boshqalar uchun bu esa go‘yo o‘rnak. “Mana, falonchi kelinini “propiska”ga olmagan edi, yaxshi qilgan ekan. Kelini yomon chiqdi...”

Bu cho‘pchak yoki safsata emas. O‘zimiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turgan voqealar. Birgina “propiska” qanchadan-qancha oilalarning buzilib ketishiga sabab bo‘layotganini tasavvur qilishning o‘zi ayanchli.

Bugungi kunga kelib, Toshkent shahrida o‘zi istiqomat qilayotgan manzilida “propiska”siz yashayotgan kelinlar soni 2317 nafarni tashkil etmoqda. Ularning esa 3645 nafar voyaga etmagan bolalari bor.

Tumanlar kesimida olib qaralsa, Bektemir tumanida 9 ta, Mirobod tumanida 67 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 106 ta, Olmazor tumanida 512 ta, Sirg‘ali tumanida 335 ta, Uchtepa tumanida 668 ta, Chilonzor tumanida 93 ta, Shayxontohur tumanida 282 ta, Yunusobod tumanida 118 ta, Yakkasaroy tumanida 28 ta, Yashnobod tumanida 99 nafar kelin o‘zi yashayotgan uyga doimiy ro‘yxatga olinmagan.

Kuyovning uyidan ota uyiga arazlaab kelib o‘tirgan kelinlar esa Toshkent shahri bo‘yicha 437 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich Bektemir tumanida 14 ta, Mirobod tumanida 32 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 44 ta, Olmazor tumanida 78 ta, Sirg‘ali tumanida 47 ta, Uchtepa tumanida 76 ta, Chilonzor tumanida 14 ta, Shayxontohur tumanida 38 ta, Yunusobod tumanida 33 ta, Yakkasaroy tumanida 9 ta, Yashnobod tumanida 52 taga etgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri ajrimlar bo‘yicha respublikada etakchilik qilmoqda. Besh yil ichida Toshkentda jami 26 ming oilaga darz ketgan. Birgina 2016 yilning so‘nggi 11 oyida 3988 ta oila ajrimgacha etib borgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelinlik uyiga “propiska”ga olinmagan va ota uyiga arazlab ketgan kelinlarning ro‘yxati e’lon qilindi