Davlat statistika qo‘mitasi o‘zbekistonliklarni 30-30 dekabr kunlari korrupsiyaga qarshi monitoring doirasida o‘tkazilayotgan kuzatuvlarda ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, monitoring o‘tkazishdan maqsad korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha davlat statistika organlarida korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlashdir.
Qo‘mita internet sahifasida so‘rovnoma berilgan bo‘lib, uni barcha xohlovchilar to‘ldirishlari mumkin.
"Sizning mazkur so‘rovnoma savollariga bergan javoblaringiz yordamida aniq va to‘liq ma’lumot olishga, uni tahlil qilib to‘g‘ri xulosa chiqarishga umid qilamiz.
O‘z navbatida, so‘rovnomaning anonim hisoblanishi, respondentning shaxsiga oid ma’lumotlar hech qayerda ko‘rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblaringiz sizga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi", — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?