23:38 / 29.12.2016
9 403

Namangan viloyati hokimi aholi muammolarini o‘rganmoqda

Namangan viloyati hokimi aholi muammolarini o‘rganmoqda

Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozorovning viloyatning shahar, tuman, shaharcha, qishloq mahallalarida bo‘lib, xalq vakillari bilan yuzma-yuz muloqotga kirishishi bir jihatdan an’anaviy uchrashuv tusini olayotgan bo‘lsa-da. Ikkinchi bir tarafdan kirib kelayotgan Yangi yilni nomlanishiga muvofiq dastlabki amaliy qadamlar sifatida ham baholanmoda, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

O‘tkazilayotgan uchrashuvlarda namanganliklar viloyat hokimiga, qishloqlardan tumanlar markazigacha bo‘lgan masofada avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish, oldinlari foydalanib kelingan tik quduqlarni qayta kavlab suv yo‘lini ochish orqali suv etishmovchiligi masalasini oz bo‘lsada hal etish, qishloq joylarida yoshlarning yanada yaxshi bilim olishlari uchun qo‘shimcha o‘quv markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kabi masalalarda murojaat qilishmoqda.

Masalan Chortoq tumanining Qiriziston bilan chegaradosh Hazratishoh qishlog‘ida 7,5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi, qishloq odamlari asosan qishloq xo‘jaligi, xususan bog‘dorchilik-meva-sabzavot etishtirishdan keladigan daromad hisobidan ro‘zg‘or yuritadilar.

Qishloqliklar ekinlarni sug‘orishda ba’zan suv etishmovchilik holatlari yuzaga kelayotganligini viloyat hokimi bilan uchrashuvda ta’kidlab o‘tishdi. X.Bozorov bu va boshqa masalalar ya’ni aholi turmush darajasini yaxshilashda, muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning viloyat aholisi bilan saylovoldi uchrashuvlarida belgilab bergan vazifalari doirasida, viloyatda bir qator ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini aytib o‘tib, tez orada shu va shunga o‘xshagan masalalar o‘z echimini topishiga va’da berdi.

Viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqotlar viloyatning barcha tuman, qishloq va mahallalarida davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyati hokimi aholi muammolarini o‘rganmoqda