17:16 / 30.12.2016
10 143

Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi. “Na postu” gazetasiga tayanib Kun.uz sayti yozishicha, besh kishidan iborat guruh viloyatning Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon, Olot kabi tumanlarida ko‘p miqdorda sigir va ho‘kizlarni o‘g‘irlab sotishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarga tegishli bo‘lgan uy hayvonlari umumiy hisobda 43 100 000 so‘mga sotib yuborilgan. Jinoyatchilar Olot tumaniga navbatdagi o‘g‘irlikni sodir etish uchun kelishganda, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabrlanganlardan bir qismiga qoramollar qaytarib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi