O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali kechada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilgan edi.
Xalq bilan muloqot qilish esa ancha avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochilganidan boshlab yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishish va ochiqlikning ta’minlanishi demokratiyaning muhim bo‘lagi sanaladi.
Bosh vazir virtual qabulxonasi ochilganidan so‘ng yana bir qator davlat tashkilotlari rahbarlarining ham virtual qabulxonalari o‘z faoliyatini boshladi. Bu mavjud sohadagi hal etilmagan masalalar, muammolar, shikoyatlar vaqtida o‘z echimini topishini ta’minladi.
Ayni kunlarda xuddi shunday virtual qabulxonalar orqali O‘zbeksitondagi barcha oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi. Xalqaro oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallari bundan mustasno. Bu xaqda “Qalampir.uz” sayti xabar qildi.
Bunday imkoniyat orqali endi nafaqat talabalar, balki abiturientlar ham oliy ta’lim muassasasi rahbari bilan ochiq muloqotga kirishishlari ta’minlandi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining virtual qabulxonasi ochilishi talaba va abiturientlar, qolaversa, ularning ota-onalariga 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” uchun munosib tuxfa bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi xududida 76 ta oliy ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini olib boradi. Ularning 7 tasi xalqaro oliy o‘quv yurtlarining filiallari sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi