O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Viloyatda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Viloyat hokimining qaroriga binoan 1862 - 1937 yillarda yashab ijod etgan Isoqxon To‘ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 2,2 gektarni tashkil etuvchi “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga etkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur majmuada “Ibrat” muzeyi (ichida kutubxona va mutolaa xonalari, ekspozision zal), “Ibrat” tillar maktabi (21x12 metr zal, 160 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, sport maydonchalari), “Ibrat” bog‘i (Favvora, xiyobon, Ibrat haykali) qurilishi ko‘zda tutilgan. Majmuani qurish ishlari shu yilning mart oylarida boshlab yuboriladi.
Aytish kerak-ki, Isoqxon To‘ra Ibrat vodiyda ilk bor “Matbaaiya Isoqiya” bosmaxonasiga asos solgan ma’rifatparvar inson bo‘lgan. U o‘sha davrdayoq 7 ta xorijiy tilni o‘zlashtirib, bir nechta o‘quv darsligi va boshqa noyob adabiyotlarni ijod qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi