Ba’zan ko‘cha-ko‘yda, avtobusda odamlarning shifokorlardan noligani qulog‘imizga chalinadi. Kimdir qaysidir tanishi tug‘ruqxonaga borib, joy topolmaganini aytsa, yana kimdir doktorlarning qo‘pol munosabatidan arz qiladi. Albatta, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan, qalbi ham egnidagi oq libosi kabi toza shifokorlar ham talaygina. Biroq shifokor nomiga dog‘ tushirayotgan ayrim kimsalar, boshqalarning ham sha’nini bulg‘amoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi Nilufar Saidakbarova ham “Oq libosdagi dog‘lar” nomli maqolasida shu haqida so‘z yuritib, shifoxonada vafot etgan kishining mayitini sarson qilinishi, vafot etgani haqidagi ma’lumotnomani olish “qistir-qistir” bilan yakun topishi haqida yozadi.
“Oq libos poklik, halollik ramzi. Ammo shifokorlikning oq libosini kiyib qora ishlar (fidoyi shifokorlardan ming bor uzr so‘rayman) qilayotganlar ham oz emas. Ba’zi shifokorlar pul ilinjida, ba’zilari obro‘, ba’zilari amal kursiga ishqiboz bo‘lib, kim ekanligini, nima ish qilishi lozimligini unutib qo‘yadi – oq libosiga dog‘lar sochadi.
Bir qarindoshimiz shifoxonada olamdan o‘tdi. Ta’ziya boshlanib ketdi. Dafn marosimiga tayyorlanila boshlandi: qabr qazildi, yuvuqchi, marosim mashinasi chaqirtirildi, uzoq-yaqindan qarindoshlar, mahalla-ko‘y jam bo‘ldi. Hamma g‘ayg‘uda. Visir-visir boshlandi...
— Kim bilsin, peshinga deyishyapti. . .
— Voy, aylanay. Mayyit hali yo‘q-ku!
— Nima?! Hamma narsa taxt – mayyit yo‘q?! Gap-so‘z ko‘paydi. Peshinga yaqinlashib qoldi, mayit esa yo‘q. Qo‘ng‘iroq qildik. Ruxsatnoma beradigan doktor yo‘q ekan. Buning ustiga mayyit yorilmasa, javob ham berilmasmish. Yana allaqanday hujjatlar zarur ekan. Xullas, janoza asrga qoladiganga o‘xshadi. Mayyitning yaqinlari jigarining o‘lganiga kuysinmi, jasadini olish uchun yugursinmi?! Toqati toq bo‘lgan opa shart turib, shifoxonada yugur-yugur qilayotgan jiyanlariga sim qoqdi:
— Muddaosini ochiq aytsin! Yoradigan holi yo‘q-ku ukaginamning. Kasal bo‘lib, ozib-to‘zib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa!
— Ammajon, “qistir” deyishyapti...
— Qancha?!
— ...ko‘kida. Shunda yorishmasakan, tezda qo‘yib yuborar ekan...
— Uzat, uzat noinsoflarga! O‘lik ustidan pul eyishadi-ya! Adangning sovuq jasadi mustar bo‘lib qolmasin...
Birozdan so‘ng mayyit keltirildi. So‘nggi manzilga kuzatildi”, deb yozadi muallif.
Bu – o‘zimiz ko‘rib, kunda-shunda eshitib yurgan, ba’zan ochiqdan-ochiq guvohiga aylangan voqealar. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: ana shunday qabih ishlarga qo‘l urayotganlar, nafsi ilinjida o‘lik ustidan ham tijorat qilishni maqsad qilganlarning vijdoni bormi? So‘nggi xulosa o‘zingizdan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi