Kanada fuqarosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tanqid qilgani uchun Turkiyada hibsga olindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Kanada va Turkiya fuqaroligiga ega 50 yoshli Isi Xiper 2016 yil 30 dekabr kuni Turkiya shimoli-sharqidagi Kars shahrida polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Uning advokati so‘zlariga ko‘ra, hibs Xiper 28 dekabr kuni Facebook’da yozib qoldirgan izohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U o‘z izohlarida Erdo‘g‘onni «Turkiyaning IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashini isbotlovchi dalillarni keltirgan jurnalistlarni qamoqqa tiqish»da ayblagan edi.
Kanada tashqi ishlar vazirligi Xiperning hibsga olinganidan xabardor ekanligi va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?