23:01 / 08.01.2017
8 846

Qo‘qonda poraxo‘r domla qo‘lga olindi

Qo‘qonda poraxo‘r domla qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati MXX Boshqarmasi hamda Soliq va valyuta jinoyatlari Departamenti xodimlari tomonidan kollej o‘qituvchilaridan biri yirik miqdorda valyuta olayotgan vaqtga qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.

"A.Yusupov 5 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ushbu pul arznomachining qarindoshini Qo‘qon Pedagogika institutiga kiritib qo‘yish uchun talab qilingan 9 ming dollarning bir qismi bo‘lgan. Qo‘lga olish jarayoni video tasvirga olish bilan tasdiqlangan", — deyilgan MXX xodimining xabarida.

Fuqaro Yusupovga nisbatan, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining taaluqli bandlariga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda poraxo‘r domla qo‘lga olindi