NASA Er va Oyning Mars orbitasidan olingan suratlarini taqdim etdi. Tasvir - MRO avtomatik stansiyasi tomonidan noyabr oxirida olingan kadrlarning eng yaxshi ikkitasidan birlashtirilgan suratdir, deb yozadi Kun.uz sayti.
Bunday tasvir HiRISE bort kamerasi tomonidan olindi. U tasvirlarni infraqizil, qizil va ko‘k-yashil to‘lqinlar uzoqligida qayd etishi mumkin. Shuningdek, u diametri 0,5 metr bo‘lgan hamda chuqur fazodagi eng bo‘lgan katta teleskopdan foydalanadi. Suratga olish jarayonida Mars Erdan 205 million kilometr masofada bo‘lgan.
NASA’ning xabar berishicha, tasvirlarni birlashtirishda ularning kengligi va sayyoralarning bir-biriga nisbatan bo‘lgan holatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq, rang gammasi tahrirdan o‘tkazildi. Bunga Mars orbitasidan Oyning Erga qaraganda ancha qorayib ko‘rinishi sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, MRO – Marsni tadqiq qilishga mo‘ljallangan sayyoralararo stansiya bo‘lib, u 2005 yilning 12 avgust kuni uchirilgan va Qizil sayyoraga 2006 yilning 10 mart kuni etib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring