14:14 / 22.04.2015
9 486

O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Adliya vazirligida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Vazirlik va idoralar, yirik korxona va tashkilotlar yuristlari ishtirok etgan tadbirda yuridik xizmatning davlat organlaridagi rolini yanada oshirish, boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga oid masalalar muhokama etildi.

Tadbirda yuridik xizmatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid amaliy va nazariy hamda qonuniylikni ta’minlashda uning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muammolar, soha mutaxassislarini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Davlat organlari tizimida yuridik xizmatning rolini yanada oshirish va soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi