11:59 / 28.01.2017
9 805

Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qurilishi bilan tanishdi

Joriy yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif uyushtirgan Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.

Ayni vaqtda mazkur erkin iqtisodiy zona uchun er uchastkasi ajratilgan. U er muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari bilan ta’minlanmoqda.

Hozircha “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida yengil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmasevtika, charm-poyabzallar va qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 50 ta loyiha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu erdagi rejalar bilan tanishar ekan, sifat va muddatga e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, xorij investisiyalari va texnologiyalarni ham jalb etish kerakligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qurilishi bilan tanishdi