12:15 / 19.05.2017
10 005

“Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi

“Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi
2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori yonida 1984 yilda tug‘ilgan Zangiota tumani Bobur ko‘chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safaev Shuhrat G‘ayratovich, 1973 yilda tug‘ilgan Yunusobod 7 mavzesi, 36-uy, 17 xonadonda yashovchi Eshmuhamedov Dilshod Ermatovichga tegishli bo‘lgan avtoulov eshiklarini, o‘zi tomonidan qo‘lbola usulda yasalgan universal pulti yordamida ochib, ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan 400.000 so‘m pul va uyali aloqa telefon apparatini yashirin ravishda talon-taroj qilganligi uchun ushlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti.

Chilonzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi