12:20 / 19.05.2017
5 698

Mana sizga tilanchi! Uning cho‘ntagidan 3800 dollar chiqdi!

Mana sizga tilanchi! Uning cho‘ntagidan 3800 dollar chiqdi!
Turkiyaning Diyorbakir shahrida polisiya o‘tkazgan tezkor tadbirda bir tilanchining yonidan katta miqdorda pul chiqdi.
Ushbu tadbir Diyorbakir polisiya boshqarmasi tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilarni qo‘lga tushirish, tinchlikni asrash maqsadida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 300 nafar polisiyachi qatnashdi.

Bir tilanchini tekshirgan polisiyachilarning hayratdan og‘zi ochilib qoldi: o‘tgan-ketgandan sadaqa so‘raydigan odamning bir nechta katmonidan jami 14 ming lira pul (taxminan 3800 AQSh dollari) va tilla zanjir chiqdi.
Pullar musodara qilindi va tilanchiga tegishli chora ko‘rildi, deya xabar bermoqda Hilol.uz nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mana sizga tilanchi! Uning cho‘ntagidan 3800 dollar chiqdi!