22:44 / 23.06.2017
87 766

«Ismim Madina. Men bilan yaqinlik qiladigan yigitlar bo‘lsa qo‘ng‘iroq qiling» ...

«Ismim Madina. Men bilan yaqinlik qiladigan yigitlar bo‘lsa qo‘ng‘iroq qiling» ...
Madina kollej talabasi edi. Juda chiroyli bilimdon qiz edi. Ota-onasi musofirlikda bo‘lgani uchun buvasi hamda buvisi bilan yashardi. Otasi gaplashib turish uchun qiziga qimmatbaho telefon jo‘natdi. Madina telefon ishlatib, asta-sekin internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga kirishni o‘rgandi. Kunlar o‘tib internetda bir yigit bilan tanishib qoldi. U yigit bilan deyarli har kuni internetda yozishib yurardi. Qari buvasi bilan buvisi ota-onasi bilan gaplashib yozishyotgandir-da, deb e’tibor berishmasdi.

Yigit Madinaga har kuni yangi rasmingizni qo‘ying, deb iltimos qilardi. Madina ham uning iltimosini so‘zsiz bajarib, sahifasini har kuni har xil suratlarini qo‘yib to‘ldirib boraverdi. Bir kuni yigit Madinaga kechki payt barda uchrashishni taklif qildi. Madina buvasi bilan buvisi qo‘ymasligini aytdi.
— Bugun nihoyatda sizni ko‘rgim kelyapti, uchrashaylik, — deb yalindi yigit.
— Madina esa hozir buning umuman iloji yo‘qligini, ertaga ko‘risha olishi mumkinligini aytdi.

Yigit yana holi-joniga qo‘ymay, “Derazadan qochib keling, manzilingizni tushuntirsangiz borib olib kelaman”, dedi. Madina esa “Dadam bilsa o‘ldiradi” deya rozi bo‘lmadi. Yigit shu kuni ichgan edi, xullas ikkalasi urishib qolishdi. Yigit alamidan Madinaning rasmini fotoshopda yalang‘och qizga aylantirib, tagiga «Ismim Madina. Men bilan yaqinlik qiladigan yigitlar bo‘lsa» deb sharh yozib, qizning telefon raqamini ilova qilib qo‘ydi-da, internetda tarqatib yubordi. Ertasiga Madina kollejga bordi. Hamma yigitlar “E, bu o‘sha internetdagi yalang‘och suratga tushgan qizku” deya barmog‘ini bigiz qila boshlashdi. Madinaning kursdoshlari unga internetda tarqatilgan suratini ko‘rsatishdi. Qiz karaxt bo‘lib qoldi. Bu aniq o‘sha Elyorning ishi edi. Madina shu kuni darsda o‘tirolmay yig‘lab chiqib ketdi.

Elyorga qo‘ng‘iroq qilsa, telefoni o‘chiq. Internetdan ham topa olmadi. O‘zini esa biror marta ham ko‘rmagandi. Dardini xech kimga aytolmadi. “Dadam bilsa, nima bo‘ladi? Sharmanda bo‘ldim. Hamma meni endi fohisha deydi” degan o‘y-xayollarda tinimsiz yig‘ladi. Shu kuni tunda u o‘z joniga qasd kildi… Buvasi tongda shiftda osilib turgan Madinani ko‘rib, dod-faryod soldi.

Ota-onasi ham qizining ta’ziyasiga etib kelishdi. Bolasini qabrga qo‘yib, farzand dog‘ida adoyi-tamom bo‘lgan ota-onasi jinoiy ish ochdirishdi.
Ammo endi hech qanday harakat uni ortga qaytara olmaydi. Umuman notanish, umrida bir marta ham ko‘rmagan yigitni deb umri zavol topgan qiz endi oramizda yo‘q. Qizlarjon, sizlardan iltimos, suratlaringizni har xil odamlarga ishonmang.

Hatto do‘stlaringiz, dugonalaringizning telefonlariga ham suratga tushmang, ehtiyot bo‘linglar. Birgina xatosi tufayli hayotni ko‘rmay, oq ko‘ylak kiymay, otasining roziligini olmay, kelinlik kunlarini ko‘rmay, ona bo‘lmay dunyodan ko‘z yumgan Madinaning taqdiri barchamizga saboq bo‘lsin.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ismim Madina. Men bilan yaqinlik qiladigan yigitlar bo‘lsa qo‘ng‘iroq qiling» ...