21:54 / 02.07.2017
24 384

Kuyov bokiraligiga ishonmagani uchun 18 yoshli kelin joniga qasd qildi…

Kuyov bokiraligiga ishonmagani uchun 18 yoshli kelin  joniga qasd qildi…
18 yoshni qarshilagan Xurshida Rajabiy yaqindagina Chorbog‘ qishlog‘ida yashovchi Zafar Pirovga turmushga chiqqandi. Ular to‘y kuni tanishishdi. Afsuski, Zafar birinchi nikoh kechasidayoq masalani ko‘ndalang qo‘ydi. Aniqrog‘i, turmush o‘rtog‘ining bokiraligiga ishonmadi.

Xurshidaning gapiga qaraganda, to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Vrachlar unga irsiy ekspertiza xulosasi hamda sog‘lomligi haqida ma’lumotnoma ham berishgan. Lekin Zafar uning bokiraligiga ishonmadi va Dushanbe shahriga qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish niyatida olib ketdi. Ekspertiza Xurshidaning to‘ydan oldin bokira bo‘lganini tasdiqladi. Ammo Zafar baribir ishonmadi. Xudoning bergan kuni bokira emasligini Xurshidaning yuziga solib janjal ko‘taradigan bo‘ldi. Janjallarning keti ko‘rina qolmadi.

2017 yil 22 iyun kuni kechasi Xurshida uksus kislotasini ichib joniga qasd qildi. Uni darhol kasalxonaga etkazishdi. Baxtga qarshi vrachlar Xurshidani hayotga qaytara olishmadi. Buyraklari ishlashdan to‘xtagan ekan.

— Eri qizimni Dushanbega ko‘rikdan o‘tkazishga olib ketganini eshitganimda, — deydi marhumaning onasi Fozila Mirzoyeva. — Darhol uylariga borib qizimni olib ketishimni aytdim. Lekin Zafarning onasi, ya’ni, ayol qudam hammasi yaxshi ekani, o‘g‘li ortiq bunday xatolikka yo‘l qo‘ymasligini aytib turib oldi…

Tojikistonda kelin bo‘lib tushayotgan qiz albatta bokira bo‘lishi lozim. Agar birinchi nikoh kechasi bokiraligi kuzatilmasa, uni uydan haydab solishadi. Ota-onasi ham uyiga kiritmaydi. Xullas, bir umr shu narsa, sharmandalik qizning yuzida dog‘ bo‘lib qolib ketadi.

Ayni paytda ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom ettirilmoqda.


Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuyov bokiraligiga ishonmagani uchun 18 yoshli kelin joniga qasd qildi…