00:07 / 13.09.2017
6 805

Mobil operatorlari bizdan nimani yashirmoqda?

Mobil operatorlari bizdan nimani yashirmoqda?
Mobil aloqa zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Mobil telefon raqami esa nafaqat so‘zlashuv uchun, balki internet tarmog‘i orqali messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va ularga kirishda shaxsni tasdiqlash imkonini ham beradi.
Qonunchilik bo‘yicha ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘z maxsuloti to‘g‘risida to‘liq va yetarli ma’lumot berishiga majbur.
Afsuski, O‘zbekiston mobil operatorlari o‘z xarajatlarini kamaytirish va maksimal foyda olish maqsadida sotayotgan raqamlar to‘g‘risidagi ba’zi muxim ma’lumotlarni yashirib kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida operator mijozlariga ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.
Operatorlar tomonidan sotuvga chiqarilayotgan raqamlarning oldin ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi to‘g‘risida mijozga ma’lumot berilmaydi.
Buning evaziga operatorlar yangi kanallarni ijaraga olishni kamaytirmoqda va o‘z mablag‘ini tejamoqda.


Mijoz uchun bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Bu savolga javob izlashga harakat qilaylik.
Mobil raqamlarni kimlar tez tez almashtiradi?
Mobil raqamlarni tez-tez almashtiradiganlarga shubhali shaxslar, firibgarlar, yengil tabiat yayollar va hokazolar misol bo‘lishi ham mumkin.

Shunday ekan «ishlatilgan» yoki «second hand» raqamlarni bilmasdan sotib olgan mijozlarga bu qanday zarar yetkazishi mumkin?
Masalan, kechasi yarim tunda xotinining yonida eriga notanish ayol telefon qilib kolsa, yoki ayolga erining oldiga notanish erkak telefon qilsa, bu oiladagi mojaro va boshqa nohush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday anglashilmovchiliklarning oxiri yo‘q.
Bir so‘z bilan aytganda, bu holat yangi mijozga noqulaylik yaratishi aniq.

Bundan tashqari, bu raqamning oldingi egasining Telegram, WhatsUp va boshqa ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi shaxsiy ma’lumoti begona odam qo‘liga tushushiga ham sabab bo‘ladi. Buning oqibatida kompaniya mijozning huquqlarini buzmoqda
Bu achinarli holat mobil operatorlarning na yangi va na eski mijozlari haqida qayg‘urmasligidan dalolat beradi.

Iste’molchilar huquqini buzayotgan bu holatni bartaraf etish uchun mobil operatorlar yangi «new» va oldin ishlatilgan «second hand» raqamlar to‘g‘risida o‘z mijozlariga ma’lumot berishlari shart. Bunda, oldin ishlatilgan «second hand» raqamlarni sotib olishga rozi bo‘lgan mijozlarga «ishlatilgan» raqam yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan «noqulayliklar» yuzasidan ogohlantirilishi shart.

Agar shu holat dunyoning rivojlangan mamlakatida sodir bo‘lib, biror mijozga zarar yetkazganida, katta bir shov-shuvga va mijozga operator tomonidan katta miqdordagi tovon to‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Hurmatli (bizni hurmat qilmasangiz ham) mobil operatorlar!
O‘zbekistonliklarning ham ko‘p narsaga aqli yetadi!

Mirzo Subxanov

Manba: dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mobil operatorlari bizdan nimani yashirmoqda?