Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev o‘tgan oy oxirida tumandagi maktablar direktorlarini do‘pposlagani aks etgan video bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda «Kun.uz» nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«12.09.2017 yilda «kun.uz» saytida joylashtirilgan Sayxunobod tumani hokimining harakatlari haqidagi videomaterialda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyilgan Bosh prokuratura xabarida.
12 sentyabr kuni Kun.uz sayti Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro‘y bergan hodisa videosini e’lon qildi. Unda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangandi. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»