13:23 / 20.09.2017
8 966

Nahotki! Auksionda “chiroyli raqam” 50 million so'mga sotildimi?

Nahotki! Auksionda “chiroyli raqam” 50 million so'mga sotildimi?
Avvalroq, avtomototransport vositalari uchun mo‘ljallangan davlat namunasidagi “chiroyli raqam”larni onlayn kimoshdi savdosi orqali olish imkonini beruvchi sayt ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir nashri.

Kecha, 19 sentyabr kuni “Avtoraqam.uzex.uz” sayti orqali o‘tkazilgan avtomototransport vositalari uchun auksionda 5 ta chiroyli raqam sotildi.

Shu kuni savdoda eng qimmat raqam Z 770 ZA ni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 50 million 773 ming so‘mga sotib olgan. Uning boshlang‘ich bahosi 7.488.750 so‘m qilib belgilangan edi.

Bundan tashqari, 19 sentyabr kuni quyidagi avtomototransport vositalari uchun chiroyli raqamlar sotilgan:

Z 701 ZA — 34.22.687 so‘m;

Z 702 ZA — 16.475.250 so‘m;

Z 990 ZA — 7.563.637 so‘m;

Z 770 OA — 5.294.546 so‘m.

Avvalroq, “chiroyli raqam”larni onlayn auksionda ishtirok etmasdan turib ham olish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan auksionlarni o‘tkazishda barcha choralar, firibgarliklar hisobga olingan holda tizim yaratilgan edi.

Bundan tashqari, 14 sentyabr kuni avtoraqamni sotish bo‘yicha ilk bitim tuzilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nahotki! Auksionda “chiroyli raqam” 50 million so'mga sotildimi?