18:43 / 20.09.2017
5 623

Samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli?

Samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli?
Samolyot balandlashayotgan va qo‘nayotgan paytida uyquda bo‘lgan yo‘lovchilar eshitish qobiliyatiga jiddiy ziyon yetkazishlari mumkin. Independent nashri Harvard tibbiyot maktabi tadqiqotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, balandlik darajasi o‘zgarayotgan paytda ko‘pchilik kishilarning quloqlari "bitib qoladi", bunga quloqlarning ichi va tashqarisidagi bosimning nomuvofiqligi sabab bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, esnash yoki yutinish orqali bunday ta’sirdan qutulish mumkin, zero bu jarayonlarda quloqning ingichka kanali ochiladi.

Biroq agar samolyot yo‘lovchisi uxlayotgan bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan usullar yordamida quloqlardagi bosimni muvofiqlashtira olmay qoladi. Natijada quloq kanaliga ziyon yetib, barojarohat yuzaga keladi.

Olimlarning ma’lum qilishlaricha, og‘ir holatlarda infeksiya rivojlanib, eshitish qobiliyatida muammolar va og‘riqlar keltirib chiqarishi mumkin.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, samolyot balandlashayotgan va pastlashayotgan vaqtda uyqudan tiyilsa, kasallikning rivojlanish xavfini chetlab o‘tish mumkin bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli?