2016 yil dekabridan hozirgi kunga qadar Prezidentning yettita farmoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan 835 kishiga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Bu haqda payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» nashri.
O‘zbekiston fuqarosi pasportini topshirish marosimlari Toshkent va viloyatlar hokimlari, davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda tashkillashtirildi.
Ulug‘bek Toshxo‘jayevning ma’lumotlariga ko‘ra, 1991 yildan 2007 yilgacha respublika bo‘yicha faqatgina 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik berilgan. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda fuqarolikka qabul qilish bo‘yicha murojaatlar soni oshgan. Bosh boshqarma fuqarolikka qabul qilish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqishni tezlashtirish yuzasidan choralar qabul qilgan.
Shu bilan birgalikda, 2017 yil boshidan buyon Prezidentning sakkizta farmoni bilan O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish bo‘yicha da’volar qondirilgan. Ammo fuqarolikdan chiqqanlar umumiy soni ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi