23:46 / 23.09.2017
7 100

Uy sharoitida anor o‘stiramiz

Uy sharoitida anor o‘stiramiz
Agar xonadoningizda qandaydir noodatiy narsa yetishtirmoqchi bo‘lsangiz, anor ekishdan boshlang.

1. Birinchi o‘rinda yaxshi, yetilib pishgan anorni olingda, po‘stidan ajratib yeng, so‘ng danaklarini qoldiring. 1 kun davomida danaklarni quriting.

2. Danaklarni 20-22 gradus haroratli suvga 2 kunga ivitib qo‘ying. Har 12 soatda suvni almashtirib turishni unutmang.

3. Gul uchun maxsus tuvakni oling-da, teng miqdorda qum va torf soling.

4. Endi esa qumni namlab, 2 santimetr chuqurlikka danakni eking. Tuvak ustini sellofan xalta bilan yopib qo‘ying. Har kuni 1 xafta davomida xaltani 5-10 daqiqaga ochib shamollatib turing. Anor ekini uchun eng qulay oy fevraldir.

5. O‘simlik kerakli miqdorda yorug‘lik va suvga to‘yinishi kerak. Tuproq qurishi bilan unga suv quyishni unutmang. Iloji bo‘lsa qaynatib sovutib, tindirilgan suvdan quying.

6. Ilk nish bir xafta o‘tiboq unib chiqadi. Shundan so‘nggina xaltani olib tashlab, tuvakni yelvizaksiz, nurli joyga joylashtiring. Birinchi barglar paydo bo‘lganda esa uni kattaroq va chuqurroq tuvakka ko‘chirib o‘tkazing.

7. 9 oydan so‘ng anor gullaydi. Shundan so‘ng yana 3 oy o‘tib, u meva tugishni boshlaydi.

8. Anor unchalik ham ko‘p e’tibor talab qilmaydi, unga alohida parvarish ham zarur emas. Ekib ko‘rsangiz, afsuslanmaysiz.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy sharoitida anor o‘stiramiz