19:43 / 18.02.2015
6 758

Rosselxoznadzor 60 tonna quyultirilgan sutni Ukrainaga qaytarib yubordi

Rosselxoznadzor 60 tonna quyultirilgan sutni Ukrainaga qaytarib yubordi

Rosselxoznadzor Rossiya orqali O‘zbekistonga olib ketilayotgan 60 tonna quyultirilgan sutni Ukrainaga qaytarib yubordi, deb xabar berdi 18 fevral kuni Rosselxoznadzorning Bryansk va Smolensk viloyatlari bo‘yicha bosh boshqarmasi.

“Bryansk-Lgovskiy” temiryo‘l o‘tkazish punktiga Ukrainada (Kupyansk shahrida) ishlab chiqarilgan ichida quyultirilgan sut bo‘lgan konservalar partiyasi keltirilgan. 60 tonnaga yaqin bo‘lgan bu yuk O‘zbekistonga temiryo‘l vagonida olib ketilayotgan bo‘lgan.

“Rosselxoznadzor boshqarmasi kuzatuvi davomida O‘zbekiston Respublikasi veterinariya xizmatining ushbu mahsulotni olib kirishga ruxsatnomasi yo‘qligi aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, veterinar guvohnomasida mahsulotlarning Bojxona ittifoqi hududida amalda bo‘lgan mikrobiologik, fizik-kimyoviy, kimyoviy-toksikologik va radiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha veterinar va sanitar qoida va talablarga muvofiqligi haqidagi ma’lumot ham bo‘lmagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rosselxoznadzor 60 tonna quyultirilgan sutni Ukrainaga qaytarib yubordi