2026 yilgi Jahon chempionati tarixdagi eng yirigi bo‘ladi

2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixdagi eng yirik musobaqa sifatida o‘tkaziladi.
Ilk bor mundialda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Bu esa turnir tarixidagi eng katta kengayish hisoblanadi.
Birinchi Jahon chempionati 1930 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda 13 ta jamoa qatnashgan.
1934 va 1938 yilgi musobaqalarda ishtirokchilar soni 16 taga yetgan. 1950 yilgi mundialda esa 13 ta terma jamoa maydonga tushgan.
1954 yildan 1978 yilgacha bo‘lgan davrda Jahon chempionatlari 16 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilgan.
1982 yilda turnir formati o‘zgarib, ishtirokchilar soni 24 taga ko‘tarilgan. Bu tartib 1994 yilgacha saqlanib qolgan.
1998 yildan boshlab mundialda 32 ta terma jamoa qatnashdi. Ushbu format ketma-ket yetti chempionat davomida amal qildi.
2026 yilgi musobaqada esa ishtirokchilar soni yana oshirilib, 48 taga yetkazildi.
Yangi format ko‘proq davlatlarga Jahon chempionatida qatnashish imkonini beradi. Shuningdek, turnirda o‘yinlar soni va raqobat darajasi ham sezilarli oshishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, 2026 yilgi mundialda ishtirok etadi.






























Izohlar 0
…