17:06 / 22.10.2017
7 199

Rasman: Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi Oliy Ligada «Obod» o‘rnini egallaydigan bo‘ldi

Rasman: Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi Oliy Ligada «Obod» o‘rnini egallaydigan bo‘ldi
Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi 2018 yilgi mavsumni O‘zbekiton Oliy Ligasida o‘tkazadi, deb yozadi Daryo nashri.

Mamlakat Birinchi Ligasida mavsum yakuniga 4 ta tur qolgan bir paytda, Quvasoy klubi 3-o‘rindagi «Istiqlol»ning o‘ziga yeta olmasligini ta’minlab bo‘ldi. Jamoaning elitaga yo‘l olgani haqida PFL rasmiy sayti ham ma’lumot taqdim etib ulgurdi.

Mazkur jamoa 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, shularning 23 tasida raqiblaridan ustunlik qildi. 4 ta uchrashuvda «Sementchi» futbolchilari durang natijaga rozi bo‘ldi va faqatgina 3 tasini boy berdi. Ortda qolgan 30 ta o‘yinda 85 ta gol urilgani, Birinchi Liga mavsumi sermahsul bo‘lganidan dalolat beradi.

«Sementchi» Oliy Ligadan chetlashtirilgan Toshkentning «Obod» klubi o‘rnini egallaydi. Reglamentga ko‘ra, Birinchi Ligada peshqadam bo‘lgan jamoa Oliy Ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani yutib oladi.

Oliy Liganing 15-jamoasi esa chempionatdagi o‘rnini saqlab qolish uchun quyi liganing ikkinchi jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ayni paytda Vadim Abramovning «Neftchi» futbol klubi Oliy Ligada 15-o‘rinni egallab turibdi, Birinchi Liganing ikkinchi jamoasi esa hozircha «Andijon». Andijonlik futbolchilar o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra elita bilan xayrlashgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi Oliy Ligada «Obod» o‘rnini egallaydigan bo‘ldi