20:56 / 22.10.2017
7 334

UZREPORT TV va FUTBOL TV “The Best FIFA Football Awards 2017”ni translyatsiya qiladi

UZREPORT TV va FUTBOL TV “The Best FIFA Football Awards 2017”ni translyatsiya qiladi
Dushanba, 23 oktyabr kuni London shahrida “The Best FIFA Football Awards 2017” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Unda futbol olamida o‘tgan mavsum yuksak natijalarga erishgan futbolchi va murabbiylar FIFA tomonidan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimiga dunyoning millionlab muhlislari e’tibor qaratishi shubhasiz. Chunki, unda zamonamizning ikki buyuk futbolchisi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hamda Neymar eng nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi.

Shuningdek, marosimda FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga binoan Londonga yetib borgan O‘zbekiston futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev ham ishtirok etadilar.

Yurtimizda mana shu tadbirga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda UZREPORT TV hamda FUTBOL TV uni jonli efirda to‘liq translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

23 oktyabr kuni 22:00 dan boshlab taqdirlash marosimining kirish qismi, yulduzlarning tashrifi, yo‘lak orqali o‘tishi va fotosessiyasi UZREPORT TV hamda FUTBOL TV orqali namoyish etiladi. Asosiy gala-oqshomning boshlanish vaqti esa 23:30 va uni ham tomoshabinlarimiz jonli efirda kuzatib borishlari mumkin.

Jahon yulduzlari ishtirokidagi FIFA taqdrirlash oqshomini o‘tkazib yubormang!

Manba: UzReport.news

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UZREPORT TV va FUTBOL TV “The Best FIFA Football Awards 2017”ni translyatsiya qiladi