14:35 / 25.10.2017
4 772

Zidan «Real»dagi muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi

Zidan «Real»dagi muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi
Agar futbolchilar senga ishonishsa, unda sen ko‘p narsaga erisha olasan...
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi.

«Muvaffaqiyatlarimning sababi futbol hamda o‘z kasbimga bo‘lgan mehr va ishtiyoq tufaylidir. Shogirdlarim futbolchilik paytida qo‘lga kiritgan sovrinlarimga emas, aynan mening gaplarimga ishonganliklari va uni amaliyotda qo‘llay olganliklari, men uchun juda katta ahmiyatga ega. Agar futbolchilar senga ishonishsa, unda sen ko‘p narsaga erisha olasan», — deydi Zidan.

Zidan qo‘l ostidagi «Real» ketma-ket ikki bor YeChL (2015/16 va 2016/17 mavsum), Ispaniya chempionligi (2016/17 mavsum), Ispaniya Superkubogi (2017), UYeFA Superkubogi (2016, 2017) va klublar o‘rtasidagi JCh (2016) g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan «Real»dagi muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligini aytdi