22:38 / 30.10.2017
4 772

Oliy Ligada yana o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

Oliy Ligada yana o‘zgarishlar sodir bo‘ldi
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni BAA termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Aynan mazkur o‘yin munosabati bilan Oliy Liganing 28-tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar 16-17 noyabrdan 8-9 noyabrga ko‘chirildi.

08.11.2017
“Mash’al” (Muborak) – “Qizilqum” (Navoiy).
“Dinamo” (Samarqand) – “Neftchi” (Farg‘ona).
“Navbahor” (Namangan) – “So‘g‘diyona” (Jizzax).
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro).

09.11.2017
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Bunyodkor” (Toshkent).
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Nasaf” (Qarshi).
“Paxtakor” (Toshkent) – “Olmaliq” (Olmaliq).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasini BAAga qarshi o‘yinga “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi.

Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini Oliy Liganing 27-turidan keyin e’lon qilishini ma’lum qildi.
Terma jamoa esa 10 noyabr kuni Toshkentda yig‘inga kirishishi rejalashtirilgan.

BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan Oliy Liganing 28-tur o‘yinlari rasman 16-17 noyabrdan 8-9 noyabrga ko‘chirildi.
Shuningdek, bugun 30 oktyabr kuni kelasi yildan Oliy Ligada 12 jamoa ishtirok etishi haqida ham xabar berib o‘tgandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy Ligada yana o‘zgarishlar sodir bo‘ldi