16:58 / 31.10.2017
5 618

OCHL-2017. Ravshan Ermatov javob finalida ishlaydi

OCHL-2017. Ravshan Ermatov javob finalida ishlaydi
18 va 25 noyabr kunlari Osiyo chempionlar ligasi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

OFK ikkinchi finalga o‘zbekistonlik hakamlarni tayinladi. Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada “Urava Red Daymonds” va “Al Hilol” o‘rtasidagi Yaponiyada o‘tadigan bahsda ishlaydi.

Saudiya Arabistonidagi ilk finalni iordanyalik Adham Makhamdeh boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi.

OCHL-2017 ikkinchi final
“Urava Red Daymonds” (Yaponiya) - “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni)
25 noyabr 2017. Yaponiya. Saitama. “Saitama 2002” stadioni.
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov
Zaxira hakami: Ma’mur Saidqosimov
Darvoza ortidagi hakamlar: Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev (barchasi O‘zbekiston)

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2017. Ravshan Ermatov javob finalida ishlaydi