08:30 / 02.11.2017
5 208

«Sevilya» Moskva klubidan alamini oldi. Yurgen Klopp va «Liverpul»dan ketma-ket ikkinchi yirik g‘alaba

Chempionlar Ligasining «E» guruhida ham APL klubi yetakchi bo‘lib turibdi. Guruh bosqichini ketma-ket ikki durang bilan boshlagan «Liverpul», endi ketma-ket ikki yirik g‘alabani tantana qildi.
«Sevilya» Moskva klubidan alamini oldi. Yurgen Klopp va «Liverpul»dan ketma-ket ikkinchi yirik g‘alaba
Bir tur avval Sloveniyada «Maribor» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urgan «mersisayd» klubi, bu safar «Enfild» arenasida 3 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Klopp shogirdlaridan Milner penaltidan foydalana olmadi.

Mazkur g‘alaba Liverpul shahri jamoasining peshqadamligini ta’minlab turibdi. Sababi Moskvaning «Spartak» klubi Ispaniyada yengildi. «Lujniki»da «Sevilya» ustidan 5:1 hisobida ustun kelgan «spartakchilar», javob o‘yinida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

«E» guruhi. 4-tur o‘yinlari

1 noyabr, chorshanba


«Sevilya» — «Spartak» 2:1

Gollar: Kleman Langle, 30 (1:0). Ever Banega, 59 (2:0). Ze Luish, 78 (2:1).

«Liverpul» — «Maribor» 3:0

Gollar: Muhammad Saloh, 49 (1:0). Emre Jan, 64 (2:0). Daniel Starrij, 90 (3:0).

Noaniq penalti: Jeyms Milner, 53 (L).


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Sevilya» Moskva klubidan alamini oldi. Yurgen Klopp va «Liverpul»dan ketma-ket ikkinchi yirik g‘alaba