23:04 / 12.11.2017
5 508

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi
12 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent Xalqaro Aeroportidan BAAga uchib ketdi.
10 noyabrdan beri bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan milliy terma jamoamiz 14 noyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Avvalroq, Ro‘ziqul Berdiyev ushbu uchrashuvga 23 nafar futbolchini jalb qilgani xaqida xabar bergan edik. Qayd etish kerak, ushbu uchrashuv Ro‘ziqul Berdiyevning terma jamoa bosh murabbiyligidagi ilk o‘yini bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz BAAning Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadigan BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi