5 826
O‘FF "Vest Xem", "Borussiya D" va "Paxtakor" sobiq bosh murabbiylari bilan muzokara olib bormoqda
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, nomzodlar qatoridan Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku hamda Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko‘plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassislar bor.
Shuningdek, Toshkentning “Paxtakor” hamda Moskvaning “Dinamo” kabi klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatoridan joy egallagan.
Shu bilan birga, italiyalik 52 yoshli murabbiy Andjelio Alessio (“Napoli”, “Yuventus”, “Chelsi” klublari va Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan), germaniyalik 54 yoshli Bernd Shtork (“Shtutgart”, “Volfsburg”, “Borussiya” Dortmund klublari, shuningdek, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan) va xorvatiyalik Branko Ivankovich (Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, “Al-Ittifoq”, “Al-Vahda”, “Persepolis” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan) bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Angliyaning “Vest Xem” klubi sobiq murabbiyi Slaven Bilich, “Napoli”, “Inter”, “Uotford” kabi klublarni boshqargan italiyalik 56 yoshli mutaxassis Valter Matssari, “Feynord”, “Borussiya” Dortmund, “Gamburg” klublari va Gollandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk ham muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjudligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi