12:13 / 30.11.2017
5 224

“Sport” telekanali Jahon chempionati qur’a tashlash marosimini namoyish etadi

“Sport” telekanali Jahon chempionati qur’a tashlash marosimini namoyish etadi
2018 yil futbol muxlislari uchun kutilgan futbol uchrashuvlariga boy bo‘ladi. Chunki, kelayotgan yilda futbol bo‘yicha to‘rt yillikning eng nufuzli, Jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

“Sport” telekanalidagi manbaning xabar berishicha, telekanal Rossiyada 2018 yil o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchrashuvlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro bo‘limi tomonidan translyatsiyalar bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Sport” telekanali 2018 yilning 1 dekabr kuni Kremlda bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi.

Yaxshi bilamizki aynan shu kuni Futbol bo‘yicha terma jamoalar Jahon chempionatidagi raqiblari nomini bilib olishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Sport” telekanali Jahon chempionati qur’a tashlash marosimini namoyish etadi