21:24 / 03.12.2017
5 365

Mirjalol Qosimov: Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz

 Миржалол Қосимов: Эртага фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз
Ertaga “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston kubogi-2017 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning dastlabki qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov ishtirok etishdi.

- “Bunyodkor” jamoasi final o‘yiniga juda jiddiy e’tibor qaratgan. Sababi ushbu sovringa so‘nggi bor ega chiqqanimizga ham bir necha yil bo‘lib qoldi. Qolaversa, ortda qolgan mavsumda chempionatda medallarsiz qoldik. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun ham Kubok finalida g‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi.

Tarkibimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyati hali sovrinlarga ega chiqmagan. Bu esa ulardagi ishtiyoqni oshiradi. Qolaversa, har qanday futbolchi ham faoliyati davomida turli sovrinlarga ega bo‘lishni istaydi.

Biz yaqinda “Lokomotiv”ga qarshi chempionat doirasida ham o‘yin o‘tkazdik. Bu jamoa – juda kuchli. Tarkibida mahoratli futbolchilar talaygina. Shu boisdan biz ertaga tezkor va aqlli o‘yin ko‘rsatishimiz talab etiladi. Agar bexato o‘ynasak, maqsadga yetamiz, - deydi Mirjalol Qosimov.

- Men faoliyatimda ikkinchi marta kubok finalida o‘ynayman. Birinchi safar mag‘lub bo‘lgandik. Bu safar faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Umid qilamanki, muxlislarimizni sovrin bilan xursand etamiz, - dedi Rustam Ashurmatov.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz