21:12 / 05.12.2017
5 666

Sardor Rashidov ilk marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Sardor Rashidov ilk marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi
Joriy yilning 6-16 dekabr kunlari BAAda futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
BAAning ikkita shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqada jami sakkizta uchrashuv o‘tkaziladi.

Ushbu turnirda o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p tepayotgan “Al Jazira” klubi ham ishtirok etadi.
“Al Jazira” o‘zining ilk uchrashuvini ertaga, 5 dekabr kuni Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” klubiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqt bilan 22:00da boshlanadi.

Shuni aytish lozimki, Sardor Rashidov bu kabi nufuzli musobaqada maydonga tushadigan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi bo‘ladi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar bermoqda.
Uning jamoasi dastlabki uchrashuvga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Bungacha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida BAAdan ikkita jamoa qatnashgan. Bular “Al Ahli” (2009 yil) va “Al Vahda” (2010 yil) klublari. “Al Jazira” esa mazkur mamlakatning uchinchi klubi bo‘ladi.

“Al Jazira” Abu Dabidagi eng keksa klub hisoblanadi. Bu jamoa 1974 yil tashkil topgan.
Ushbu klub shu paytgacha ikki bor ichki chempionatda, uch marta Prezident Kubogida va bir marta Liga Kubogida zafar quchgan.

O‘tgan yillar mobaynida “Al Jazira” safida bir nechta futbolchilar to‘p tepishgan.
Ya’ni 1995 yil FIFA talqiniga ko‘ra “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Jorj Vea 2001-2003 yillarda “Al Jazira”da faoliyat olib borgan va jamoaga sardorlik qilgan.

Shuningdek, Mirko Vuchinich, Rikardo Oliveyra, Lassana Diarra kabi futbolchilar ham o‘z vaqtida shu jamoada o‘ynashgan.
“Al Jazira” BAAda eng yaxshi futbol maktabiga ega klublar sirasiga kiradi.

Bu jamoadan Ali Mabxut kabi mashhur futbolchining yetishib chiqishiyoq ko‘p narsadan darak beradi.
2015 yilgi Osiyo Kubogida eng ko‘p gol urgan hujumchi o‘tgan 20 yil ichida BAA terma jamoasining eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsum u “Al Jazira” tarkibida 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, Sardor Rashidov ham mazkur klub tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Demak, uni ham hayajonli damlar kutib turibdi deya olamiz.
Jamoa bosh murabbiyi esa taniqli mutaxassislardan biri Xenk ten Kate.

Albatta, ko‘pchilik o‘zbekistonlik muxlislar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Sardor Rashidov sabab “Al Jazira”ga muxlislik qilishlari tabiiy hol.
Shu o‘rinda tahriyatimiz nomidan Sardor Rashidov va uning jamoasiga omad tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov ilk marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi