17:37 / 06.12.2017
6 262

OChL. “Lokomotiv”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

OChL. “Lokomotiv”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Bugun, 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim “JW Marriot” mehmonxonasida o‘tkazildi.

O‘zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibi “Lokomotiv” klubi G‘arb mintaqasi “B” guruhidan joy oldi.

Jamoa guruh bosqichida “Duhayl” (Qatar), “Al-Vahda” (BAA) hamda “Zobahan” (Eron) / “Aizavl” (Hindiston) juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, O‘zbekistonning yana ikkita klubi – 2017 yilgi chempionatning kumush medal sovrindori “Nasaf” va bronza medali egasi “Paxtakor” guruh bosqichiga chiqish uchun 30 yanvar kuni pley-off bosqichida o‘ynaydi.

OChL–2018 turniri
Saralashning pley-off bosqichi .
30 yanvar, seshanba.


“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Faysali” (Iordaniya).

“Al-Garafa” (Qatar) – “Paxtakor” (O‘zbekiston ).

“Nasaf” pley-off o‘yinida g‘alaba qozonsa, “C” guruhidan joy oladi va “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) klublari bilan raqobatlashadi.

“Paxtakor” muvaffaqiyatga erishsa, “A” guruhiga yo‘l oladi hamda “Al-Jazira” (BAA), “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) va “Traktorsozi” (Eron) jamoalari bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. “Lokomotiv”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi