22:05 / 13.12.2017
7 702

O‘zbekistonning eng qimmat futbol klubini bilasizmi?

O‘zbekistonning eng qimmat futbol klubini bilasizmi?
Jahonga mashhur Transfermarkt.de portali o‘zbek jamoalari futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonnning eng qimmat jamoasi nomini – “Paxtakor” qo‘lga kiritdi.

Portal ushbu jamoani 11,90 million yevroga baholadi.
Shuningdek, ushbu saytda Yegor Krimetsning “Beyjing Guan”dan “Paxtakor”ga qaytgani haqida ma’lumot ham berilgan.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari deb Marko Simich va Igor Sergeyevlar keltirilgan – 1 million 800 ming yevro.
Ularning eng yaqin ta’qibchisi – Gidi Kanyuk esa 700 ming yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, isroillik futbolchini “Paxtakor” 600 ming yevroga transfer qilgandi.
2-o‘rinda esa “Lokomotiv” qayd etilgan. “Temiryo‘lchilar” 11,48 million yevroga narxlandi.

Quyidagi jadval orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin:

Demak, o‘zbek klublarining umumiy narxi 79,60 million yevroga teng bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda “Lokomotiv” jamoasi O‘zbekiston chempionati va kubogida g‘alabaga erishib, ketma-ket ikkinchi marta “Oltin dubl”ni qayd etgani haqida xabar bergandik.

“Nasaf” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Paxtakor” bronza medallarga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning eng qimmat futbol klubini bilasizmi?