08:31 / 16.12.2017
9 495

Insoniyat tarixidagi eng boy sportchi nomi e’lon qilindi

Инсоният тарихидаги энг бой спортчи номи эълон қилинди
Forbes jurnali tarixdagi eng badavlat 25 nafar sportchidan iborat ro’yxat tuzishga erishdi va unga ko’ra birinchilik basketbolchi Maykl Jordanga nasib etdi. Аfsonaviy o’yinchi o’z faoliyati davomida 1,85 mlrd dollar mablag’ ishlab topgan ekan.

Ikkinchi o’rinni esa golf ustasi Tayger Kuds (1,7 mlrd) va uchinchi o’rinni Arnold Palmer (1,4 mlrd)lar band etgan.

Xabarga ko’ra, ushbu ro’yxatdan 800 mln $ daromad ko’rsatkichi bilan ingliz futbolchisi Devid Bekxam ham o’rin olgan. Keyingi o’rin esa huddi shunday daromad bilan basketbolchi Kobi Brayantga nasib etdi.

Bugungi kunning eng kuchli futbolchilaridan biri bo’lmish Krishtianu Ronalduga (725 mln dollar) 12, Lionel Messiga esa (600 mln dollar) 16-o’rin “tegdi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Insoniyat tarixidagi eng boy sportchi nomi e’lon qilindi