14:30 / 19.12.2017
5 401

“Nasaf” xalqaro turnir chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

“Nasaf” xalqaro turnir chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
XXVI O‘zbekiston chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan, “Nasaf” futbolchilari dam olishdan qaytib kelishdi va 15 dekabrdan o‘z qarorgohida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi. Mashg‘ulotlar klub qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Nasaf” 22 dekabr kuni U-23 terma jamoamiz bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv, shu kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 15:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Taylandda o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, “Nasaf”ning dekabr oyidagi rejasiga ko‘ra, 26 dekabr kuni futbolchilar me’yoriy talablar bo‘yicha sinovdan o‘tishadi va shu kuni tantanali taqdirlash marosimida ham ishtirok etishadi. Dekabr oyi tayyorgarlik mashg‘ulotlari 28 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Shu kuni qarshiliklar yana bir nazorat o‘yinida maydonga tushishi mumkin. Shundan so‘ng futbolchilar yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” xalqaro turnir chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi