19:41 / 25.12.2017
5 660

Oliy Liga-2017: Mavsum ramziy jamoasidan qaysi futbolchilar o‘rin oldi?

Oliy Liga-2017: Mavsum ramziy jamoasidan qaysi futbolchilar o‘rin oldi?
«Erudit Sport» gazetasi o‘z an’anasiga binoan, Oliy Liga-2017 mavsum ramziy jamoasini tuzdi. «Yil jamoasi»dan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi.

Yil davomida «Mash’al» jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazib, 3 marta penaltini qaytara olgan Javohir Ilyosov ramziy jamoa darvozasidan o‘rin oldi.

Himoyadan esa barqaror o‘yini bilan «Nasaf»ni sovrin sari yetaklagan Akmal Shorahmedov, «Qo‘qon-1912» safida golurar-himoyachiga aylangan Murod Xolmuhammedov, «Buxoro» safida chap qanotda ajoyib o‘yin namoyish etgan Ergash Ismoilovlar joy olishdi.

Tayanch yarimhimoyasidan «So‘g‘diyona» sardori Sanjar Rashidov o‘rin egalladi. Uning jamoasi quyi ligaga ravona bo‘lgan bo‘lsada, Rashidov 14 goli bilan to‘purarlar safiga kirgani e’tiborga molik. Shuningdek, «Navbahor» safida eng ko‘p gol va o‘yin bilan ajoyib mavsumni o‘tkazgan Azizbek Turg‘unboyev «yil jamoasi»ga kirishga munosib edi. Qolaversa, «Bunyodkor» safida eng ko‘p 14 gol urgan Dostonbek Hamdamov, «Nasaf» safida ajoyib mavsum o‘tkazgan Bahrom Abdurahimov, «Lokomotiv»ni chempionlikka boshlagan Sardor Mirzayevlar ham yarimhimoya chizig‘idan o‘rin olishdi.

Hujum chizig‘ida esa hech shubhasiz, to‘puralar Marat Bikmayev («Lokomotiv») va Dragan Cheran («Nasaf») o‘rin olishdi. Bosh murabbiy sifatida esa «Temiryo‘lchilar» ustozi Mirko Yelichich tanlandi.

Zaxira tarkibda ham 7 nafar futbolchi o‘rin oldi, bular: Sanjar Quvvatov («Nasaf»), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Marko Simich («Paxtakor»), Farrux Sayfiyev («Nasaf»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Igor Sergeyev («Paxtakor»).

Oliy Liga-2017. Mavsum ramziy jamoasi:


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy Liga-2017: Mavsum ramziy jamoasidan qaysi futbolchilar o‘rin oldi?