Ozarbayjonda yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha «A.Agalarov Cup-2017» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Boku shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Sardor Kamolmirzayev (-49 kg), Samandar Xolmurodov(-52 kg), Abdumalik Xalakov(-56 kg), Halim Utegenov(-60 kg), Jahongir Rahmonov(-64 kg), Manguberdi Abdurasulov(- 69 kg), Navo Tamazov(-75 kg), Jamshidbek Xudoyberganov(-81 kg), Javohir Tog‘aymurodov(- 91 kg), Timur Otaboyev(+91) kabi iste’dodli bokschilarimiz himoya qildi.
Musobaqada Halim Utegenov va Jahongir Rahmonov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchgan Sardor Kamolmirzayev va Javohir Tog‘aymurodov ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, bokschilarimizdan Navo Tamazov, Timur Otaboyev hamda Samandar Xolmurodov terma jamoamizga bronza medalni keltirdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ikkitadan oltin va kumush hamda uch bronza medalni qo‘lga kiritib, umum jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi