21:37 / 29.12.2017
6 018

Professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yilgi futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi

Professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yilgi futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi
Undan O‘FF hamda PFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalar tuzilishi, formati, qatnashuvchi klublarga qo‘yiladigan talablar o‘rin olgan bo‘lib, diqqatga sazovor jihati – 2018 yil uchun reglament oldingi yillardagidan butkul farq qiladi.

2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi. Endilikda O‘zbekiston Superligasida ishtirok etadigan klublar o‘z tuzilmasida oldingi yillardagi kabi faqat ayollar jamoasigagina emas, balki futzal jamoasiga ham ega bo‘lishi lozim.

Eng asosiy o‘zgartirishlardan biri bu, format bilan bog‘liqdir. Ushbu mavsumda Superliga jamoalari ikki bosqichda, dastlab ikki davradan iborat uyda va safarda tizimida bahs olib borishadi. Ikkinchi bosqichda esa, jamoalar o‘z o‘rinlaridan kelib chiqib, 6ta jamoadan yana ikkita guruhda maydonga tushadilar.

Shuningdek, Superliga klublarining yoshlar jamoalari U-14, U-16, U-18 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida ishtirok etishadi. Ilgari ushbu yosh toifalarida O‘zbekiston birinchiliklari o‘ktazilgan emas. PRO-liga yoshlar jamoalari esa U-14 va U-16 toifalarida o‘zaro bahs yuritishadi.

Reglamentga kiritilgan yana bir muhim o‘zgarishlardan biri – Superligada o‘yinlar vaqtining endi 18:00dan keyin boshlanishidir. PRO-ligada hamda O‘zbekiston kubogi o‘yinlari esa 17:00dan keyin start olishi ko‘zda tutilgan.

Yana O‘zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari endi 5 nafargacha xorijlik futbolchilarni 4+1 formatida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi. So‘nggi yillarda chempionatimizda "legioner" darvozabon o‘ynashi mumkin emas edi. Endi klublar xorijlik darvozabonlar bilan ham shartnoma imzolashlari mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, klub tizimida ishlaydigan hodimlar borasida ham aniq lavozimlar bo‘yicha qanday ishchilar faoliyat olib borishi reglamentda ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu reglamentni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yilgi futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi