15:21 / 31.12.2017
4 192

Koutino yangi yilning birinchi kunida «Barselona» futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda

«Barselona»ning texnik homiysi hisoblanmish Nike firmasi rasmiy internet-magazinida «Liverpul» havbeki Filippe Koutino familiyasi yozilgan kataloniyaliklar jamoasi futbolkalari varianti qo‘shildi.
Koutino yangi yilning birinchi kunida «Barselona» futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda
«Filippe Koutino «Kamp Nou»da o‘zini ko‘rsatishga tayyor. «Barselona»ning ushbu sehrgar familiyasi ostidagi futbolkalarini sotib oling», – deyilgandi kompaniya sayti xabarida.

Keyinroq ushbu mahsulot olib tashlangan, ammo internet foydalanuvchilari skrinshotlar olishga ulgurishgan. Hozircha bu saytni buzib kirgan hakerlar hazilimi yoki «Barselona»ning texnik hamkori futbolchi transferi haqida barvaqt xabar berib yubordimi, bunisi noma’lum.

Bundan tashqari, URL-manzilda ushbu futbolka sotuvi 2018 yilning 1 yanvarida boshlanishi ko‘rinadi. Ko‘p ehtimol bilan shu kuni «Barselona» yangi futbolchisi transferini amalga oshiradi.

Kataloniyaliklar jamoasi ushbu futbolchini qo‘lga kiritish harakatlarini yozdayoq boshlagandi. Ushbu futbolchi transferi uchun 150 million yevro to‘lanishi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq Koutino Barselonadan o‘ziga uy qidirayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koutino yangi yilning birinchi kunida «Barselona» futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda